Tadbirkorlik sub'ektlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida "O’zstandart" agentligi tomonidan standartlashtirish bo’yicha me'yoriy hujjatlar loyihalarini ekspertiza qilish bo’yicha yangi interaktiv xizmat joriy etildi.

Endilikda standartlashtirish bo’yicha me'yoriy hujjatlarni ishlab chiquvchilar butun respublika bo’ylab me'yoriy hujjat loyihalarini onlayn rejimda public.standart.uz sayti (“Standartni ro’yxatga olish” xizmati) orqali "O’zstandart" agentligining Standartlar Institutiga ekspertiza qilish uchun yuborishlari mumkin. Аriza to’ldirilib, unga normativ hujjatning elektron shakli ilova qilingandan so’ng mijozlarga xizmat uchun haq to’lash uchun zarur bo’lgan moliyaviy hujjatlarni onlayn rejimda rasmiylashtirish, shuningdek, ekspert xulosasini elektron ko’rinishda olish imkoniyati mavjud bo’ladi. Davlat interaktiv xizmatidan foydalanish uchun mijozlar O’zbekiston Respublikasi yagona identifikatsiya qilish tizimidan (id.gov.uz) ro’yxatdan o’tishi lozim.

Qo’shimcha ma'lumot olish uchun "O’zstandart" agentligining Standartlar Institutiga

71 253-18-44, 90 966-11-99 telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.