Xitoy Xalq Respublikasining Changjou shahrida "Rivojlanayotgan davlatlar uchun standartlashtirish, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohasida hamkorlik" mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro seminar ishida ishtirok etayotgan Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi xodimi tomonidan XXRdagi savdo markazlarida bo‘lib oziq-ovqat mahsulotlari, asosan, sharbatlar va nektarlarga bo‘lgan iste’molchilarningn talablari o‘rganildi.

Bunda XXR ga eksport qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari kadog‘ida mahsulotning tarkibi va energetik quvvati to‘g‘risidagi ma’lumot xitoy tilida markirovka qilingan yoki qadoqning o‘zida keltirilgan bo‘lishi shart etib belgilangan.

Shuningdek, ISO 22000 xalkaro standarti talablari asosida sertifikatlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari xaridorbop ekanligi supermarket xodimlari tomonidan ma’lum qilindi.