Avval habar berganimizdek, Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida “ISO WEEK 2019” tadbiri boshlandi. Ushbu tadbir doirasida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashi (МГС) milliy idoralarining rahbarlari o’rtasida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Anjumanda MDHga azo davlatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha milliy organlari rahbarlari va vakillari tomonidan 2030 jilgacha МГСni rivojlanish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish masalasi va МГСni 55-chi bayonnomasida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

 Yig’ilish doirasida “O’zstandart” agentligi va Rossiya Federatsiyasining Tehnik tartibga solish va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) o’rtasida 2019-2020 yillarga mo’ljallangan Hamkorlik Dasturi imzolandi.

 Imzolangan Hamkorlik Dasturi ikki davlat o’rtasida standartlashtirish, metrologiya va tehnik jihatdan tartibga solish sohalarini rivojlantirish uchun hizmat qiladi.