Respublikamiz aholisi sog‘lig‘ini saqlash hamda mahsus himoya maskalariga bo‘lgan yagona talablarni o‘rnatish maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan O`z DSt 3452:2020 “Noto‘qima polotnodan tibbiyot niqobi. Texnikaviy shartlar” davlat standarti Yevropa ittifoqining YeN 14683:2014 «Maski meditsinskiye. Trebovaniya i metodы ispыtaniy» asosida ishlab chiqib tasdiqlandi. Ushbu davlat standartining amal kiritilish muddati 2020 yil 1 iyun etib belgilandi.