Bugungi kunda koronavirus pandemiyasi butun dunyoni og‘ir sinovdan o‘tkazmoqda. Koronavirus COVID-19 xavfli infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, joriy yilning 7 aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasining Standartlashtirish tashkilotidan tibbiy yuz niqoblari va himoya kiyimlari (qo‘lqop, xalat) uchun ishlab chiqilgan 23 ta standart  olindi.

Ushbu standartlar mahalliy  ishlab chiqaruvchilarga tibbiy yuz niqoblari va himoya kiyimlari mahsulotlarini ilg‘or, rivojlangan davlatlarning standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish hamda ularni  ichki va tashqi bozorlarga etkazib berishni ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agentligi yoki Agentlik huzuridagi Standartlar institutiga  murojaat qilishingiz mumkin.