Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiyot xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlashga o‘rgatish iqtisodiy ma’noga ega. Sog‘liqni saqlash tizimida tibbiyot xodimlar salomatligini yaxshilash, gender tenglikni targ‘ib qilish, moliyaviy barqarorligini qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu tizimda ish sifatini yaxshilashga erishiladi.

Butun jahon sog‘liqni saqlash bayram kuni munosabati bilan, Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) tibbiyot xodimlari uchun klinik o‘quv muhiti sifatini yaxshilashga qaratilgan Xalqaro Seminar Bitim (IWA) loyihasini tasdiqladi. Ushbu Bitim tibbiyot xodimlari uchun sifatli klinik o‘quv muhitini, butun dunyo bo‘ylab tibbiy stajyorlar uchun klinik o‘quv muhiti sifatini ta’minlashga global yondashuvni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, o‘rta bo‘g‘in rahbari darajasidagi hamshiralarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir xalkaro standart ishlab chiqilmoqda.

“ISO 22956, Sog‘liqni saqlash tashkilotlarini boshqarish”

nomli ushbu standart, bemorlarga yo‘naltirilgan xodimlar uchun ko‘rsatmalar, sog‘liqni saqlash tashkilotlariga bemorlarning ehtiyojlarini qondirish uchun xodimlarning imkoniyatlari va manbalarini eng yaxshi ko‘rib chiqishga yordam berish uchun ishlab chiqilgan.

Mazkur standart AQSh milliy standartlar instituti (ANSI) rahbarligida ISO/TC 304 texnik qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi.

Mazkur yangi xalqaro standartlar xaqidagi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agengtligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.iso.org/news/ref2499.html