“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlar instituti hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida xalqaro me’yorlar asosida tibbiyot niqoblariga davlat standarti ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Standart talablari bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan tibbiy niqoblarining bakterial filtrlash darajasi 95% ni tashkil etadi, mikrobiologik toza, sterillangan mahsulot hisoblanib, bugungi zamon talablariga to‘liq javob berishi ta’minlangan.

Ishlab chiqarish sharoitida maxsus sinov laboratoriyasi ham tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro standart talablari asosida barcha sinov ko‘rsatkichlarini sinash imkoniyati yaratildi.