O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2015 yilda 292-sonli «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan:

"Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda ularning faoliyatini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizom;

"O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi to‘g‘risida"gi nizomlar tasdiqlandi.

Bundan tashqari ikki oylik muddatda "Muvofiqlikni baholash sohasi xodimi sifatida qatnashishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risida"gi nizom ishlab chiqilishi va o'rnatilgan tartibda Adliya vazirligida ro'hatga o'tkazilishi topshirilgan.