Butunjahon akkreditatsiya kuni doirasida, Turkiya akkreditatsiya idorasi (TURKAK) bilan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda masofaviy baholash auditlarini o‘tkazish bo‘yicha bir qator xalqaro tajribalar bo‘yicha fikr almashildi. Videokonferensiya natijasiga ko‘ra, TURKAK tomonidan baholash auditini o‘tkazish bo‘yicha amaliy yordam berish va bu borada hamkorlik muntazam ravishda olib borilishi belgilab olindi.