COVID-19 pandemiyasi bugun nafaqat ishlab chiqarish soxasiga balki turizm soxasiga xam katta ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu salbiy ta’sirlarni oldini olish, turizmni qayta tiklash maqsadida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning to‘laqonli a’zosi bo‘lgan Ispaniyaning Ctandartlashtirish Uyushmasi (UNE) tomonidan milliy qo‘llanmani ishlab chiqildi.
Ispaniya turizm sifat instituti (ICTE) bilan hamkorlikda, Ispaniya Standartlashtirish Uyushmasi COVID-19 bo‘yicha tavsiyalar va ko‘rsatmalarini
o‘z ichiga olgan bir qator milliy spetsifikatsiyalarni nashr etdi.
Millionlab ispaniyaliklar va chet ellik sayyoxlar uchun cheklovlar olib tashlanganligi sababli, turistlar yana jahon miqyosidagi plyajlar
va Ispaniyaning tarixiy shaharlari tomon yo‘l olishmoqda. UNE 0066 deb nomlanuvchi yangi qo‘llanma turizm sohasida ishlaydiganlarga koronovirusni nazorat qilishda yordam beradigan ko‘rsatmalar va xavfsizlik choralarini
o‘z ichiga oladi. Ushbu qo‘llanma bir qator tarmoqlar va operatorlarga, shu jumladan sayyoxlik agentliklari, turistik idoralar, restoranlar, mehmonxonalar va ijaraga beriladigan uylar, jamoat transporti, vino zavodlari, muzeylar va madaniy meros ob’ektlariga taalluqlidur.
Mavjud ehtiyojni inobatga olgan holda, loyiha Ispaniya Turizm vazirligidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi va qisqa davrda ishlab chiqildi.
Ma’lumotlar bilan ISO va UNE tashkilotlarining quyidagi havolalarida to‘liq tanishingiz mumkin:

https://www.iso.org/ru/news/ref2523.html

https://www.en.une.org/la-asociacion/sala-de-informacion-une/noticias/directrices-para-un-turismo-seguro


“O‘zstandart” agentligi
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi