Sarsabil bozori juda tez rivojlanib, dunyoda tobora ommalashib borayotgan ekinga aylanmoqda. Savdo o‘sib borishi bilan sanoatning o‘ziga xos va izchil xususiyatlariga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) sarsabilning sog‘lom o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi xalqaro standart qabul qildi.

Ikki ming yildan beri yunonlar va rimliklar tomonidan yetishtirilayotgan sarsabil o‘simligi qadimgi zamonlardan mavjud bo‘lib, hozirgi kungacha uning mashhurligi pasaygani yo‘q.

Yozgi tadbirlar uchun mos bo‘lgan sarsabil ko‘p qirrali va to‘yimli ovqat hisoblanadi. Shu maqsadda, xalqaro hamkorlik va samarali savdo ruhida xalqaro standartni ishlab chiqdi.

ISO 20981, Sarsabil – Texnik talablar va sinov usullari, yangi unib chiqqan sarsabil uchun talablar va sinov usullarini belgilaydi. Ushbu standart iste’molchilarga taqdim etiladigan dorivor sarsabil oilasidan yetishtirilgan tijorat sarsabil navlariga taaluqliqdir.

Yangi standart sarsabilning turli navlari va ranglarini tasniflashni, shuningdek, kislotalilik., qadoqlash, saqlash va tashish kabi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Standartdan foydalanuvchilar o‘zlarining mazali yashil (oq yoki binavsha) taomlari sifat va ta’mga oid xalqaro talablarga javob berishiga amin bo‘lishlari mumkin.

ISO 20981 oziq-ovqat sanoati bilan bog‘liq yuzlab ISO xalqaro standartlaridan biridir. Ushbu standart ISO / TQ 34 texnik qo‘mitasining quyi qo‘mitasi SC 3 tomonidan ishlab chiqilgan.

.

Mazkur xalqaro standartlar xaqidagi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agengtligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga, O‘zbekiston Standartlar institutiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.iso.org/news/ref2536.html