COVID-19 pandemiyasi dunyoda tubdan oʻzgartirdi. Xodimlarni himoya qilish boʻyicha har tomonlama, samarali ishlashni davom ettirish boʻyicha umumiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish zarurligini anglagan holda, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻyicha ISO mutaxassislari qisqa vaqt ichida yangi qoʻllanma ishlab chiqishga kirishdilar.

Xalqaro ISO standartini ishlab chiqish uchun oʻrtacha uch yil kerak boʻlsa, yaqinda chop etilgan ISO / PAS 45005, Sogʻliqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish - COVID-19 pandemiyasi paytida xavfsiz ishlash boʻyicha umumiy koʻrsatma, vaziyatning dolzarbligi va bugungi kunda bunday maʼlumotlarga ehtiyoj sezilib, atigi uch oy ichida ishlab chiqildi.

ISO / PAS 45005 standarti COVID-19 pandemiyasi paytida ishchilar va manfaatdor tomonlarning sogʻligʻi va xavfsizligini boshqarish boʻyicha eng yaxshi xalqaro tajribalarni oʻz ichiga birlashtiradi va mavjud boʻlgan milliy koʻrsatmalar 
va qoidalarni toʻldirishga moʻljallangan.

ISO / PAS 45005 standarti 26 ta mamlakat ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan.Ushbu format pandemiya va yangi maʼlumotlarning paydo boʻlishiga qarab, hujjatni hozirgi shaklida yangilashga yoki rasmiy standartga aylantirishga imkon beradi.

Yangi ISO / PAS 45005 Sogʻliqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish - COVID-19 pandemiyasi paytida xavfsiz ishlash boʻyicha umumiy koʻrsatma-Britaniya standartlar instituti (BSI) rahbarligidagi ISO / TS 283 mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi texnik qoʻmitaci tomonidan ishlab chiqildi.

Mazkur maqola Xalqaro standartlashtirish tashkilotining maʼlumotlariga asoslangan. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.iso.org/ru/news/ref2603.html

«zstandart» agentligi

Xalkaro hamkorlik boshqarmasi