«Parrandasanoat» uyushmasi va eksportyor korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etishda koʻmaklashish, mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida «SMIIC standartlari va xorijiy davlatlarda mahsulotlar importiga qoʻyilgan talablar» mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.

Tadbirda «Parrandasanoat» uyushmasi, uyushma tarkibidagi korxonalar va viloyatlardagi 30 dan ortiq eksportyor korxonalar masʼul xodimlari ishtirok etdi.

“Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga oziq-ovqat mahsulotlar uchun SMIIC standarti talablari, xorijiy davlatlarda mahsulotlar importiga qoʻyilgan talablar, sinov va sertifikatlashtirish jarayonlari tushuntirildi.

Shu bilan birga xalqaro bozorlarda mahsulotlarga qoʻyilgan sifat va xavfsizlik talablarining tobora kuchayib borayotganligi sababli SMIIC standartlarini joriy etishga alohida eʼtibor berilayotganligini taʼkidlab oʻtildi.

“Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari tomonidan «Parrandasanoat» uyushmasi va eksportyor korxonalar ishtirokchilarning qiziqtirgan barcha savollariga toʻlaqonli javob berildi.

 

“Oʻzstandart” agentligi

Xalqaro munosabatlar boshqarmasi