Bugun Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali va boshqa boʻlinmalari hamkorligida Buxoro hududiy elektr tarmoqlarida boʻlib, aholi isteʼmolchilariga va sanoat korxonalariga sifatli elektr energiyasini yetkazib berilishi, isteʼmol qilinayotgan elektr energiyasining hisobini yuritilishi, yangi “aqlli” elektr hisoblagichlarining ishlash prinsplari oʻrganildi va mazkur masala boʻyicha seminari tashkil etildi.

Maʼlumki viloyatda isteʼmol qilinayotgan elektr energiyasini hisob-kitobini yuritishda Respublikada birinchilardan (Janubiy Koreya davlati bilan hamkorlikda) ASKUE tizimi joriy etilgan va u oʻz samarasini berib kelmoqda.

Ushbu tizimning ishga tushirilishi bilan, viloyat boʻyicha elektr energiya yoʻqotishlarining oldi olindi, isteʼmolchilarda oʻzlari tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi pulini vaqtida toʻlanishi lozimligi boʻyicha koʻnikma va masʼullik oshdi, va eng asosiysi taqsimlash tarmoqlarining qaysi uchastkalarda yuklanganligi yoki ishdan chiqish xavfi borligini oldindan bilish imkoni tugʻildi deydi boʻlim muhandisi.

Korxonadagi barcha oʻlchov vositalari toʻliq qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilgan. Kerakli meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlangan.

Bunday oʻrganishlar viloyatdagi boshqa xizmat koʻrsatuvchi korxonalarda ham olib boriladi.