Rossiya Federatsiyasining “Rosstandart” federal agentligi bilan Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi oʻrtasidagi halkaro hamkorlik dasturi doirasida joriy yilning 27-avgust kuni soha mutaxassislari uchun onlayn oʻquv seminari tashkil etildi.

Rossiya standartlar instituti bosh direktor maslaxatchilari Yuriy Ivanovich Butыrev va Budkin Yuriy Valeryevich tomonidan tinglovchilarga standartlarni ishlab chiqishda va milliy standartlashtirish tizimini rivojlantirishda texnik qoʻmitalarning oʻrni,standartlarning milliy iqtisodiyot va mamlakat tashqi savdosini oʻsishidagi mavqei, texnik jixatdan tartibga solishda davlat nazorati mexanizmlari, Rossiyaning standartlashtirish, muvofiqlikni baxolash va texnik jihatdan tartibga solish soxasidagi tajribasi boʻyicha bilim va koʻnikmalar berildi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mufassal javob berildi.

Tadbir yakuniga koʻrastandartlashtirish, muvofiqlikni baxolash va texnik jihatdan tartibga solish soxasidakoʻlamli doimiy hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi