Agentlik tizim tashkilotlarining Surxondaryo viloyati filiallari tashabbusi bilan hududda joylashgan “Shifokor” mahalla fuqarolar yigʻini vakillari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda taʼkidlanishicha, agentlik filiallari masʼullari mahalla tomonidan qilingan murojaatlar bilan oʻz vaqtida amaliy ishlar olib bormoqda, nogironlar, boquvchisini yoʻqotganlra hamda kam taʼminlangan oilalarga mehr-muruvvat, saxovat qoʻllari uzatilmoqda.

Agentlik Bosh direktorining maslahatchisi uchrashuvdan soʻng mahalla fuqarolar yigʻini faollari bilan ham uchrashib, bugungi kunda hududlarda olib borilayotgan ishlar, belgilangan vazifalardan koʻzlangan maqsad bitta, u ham boʻlsa, fuqarolar uchun munosib turmush sharoitini yaratish, xalqimizning tinch va osuda, farovon hayot kechirishini taʼminlashdan iboratligini alohida taʼkidladi.