OʻzTTSA huzuridagi Departament hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Navoiy filiali mutaxassislari tomonidan Navoiy shahrida joylashgan tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Baxt Textil" korxonasida profilaktika tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida korxona vakillariga mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash, sotish va tashishda me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligi haqida va sohaga oid tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari korxonada davlat tilida ish yuritilishiga amal qilishga va mahsulotlarni tamg’alashda davlat tilida yozilishi tushuntirildi.