Qoraoʻzak tumanida faoliyat yuritayotgan "PANAEV FARMS” fermer xoʻjaligi tomonidan yirik shoxli qoramollarning sut beradigan zotlarini koʻpaytirish maqsadida “Sut ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun gidroponik yashil ozuqa innovatsion ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 2,35 mlrd.soʻmni tashkil etadi.

Agentlikning tizim tashkilotlari Qoraqalpogʻiston filiallari tomonidan korxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi hamda standart talablariga toʻliq javob bera oladigan xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish, sifatni boshqarish tizimini joriy etish va sohaga oid boʻlgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Korxona OʻzDSt 936:2004 davlat standarti normativ hujjati bilan taʼminlandi.