Agentlik huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali mutaxassislari Qibray tumanidagi investitsiya loyihalari asosida ishga tushirilishi rejalashtirilgan “SUPER ROLL” MCHJ,  “TASS PRANAVERA” va “ROSTOK-N” ishlab chiqarish korxonalarida profilaktika tadbirlari oʻtkazildi. Korxonalarda olib borilayotgan qurilish tamirlash ishlari, asbob-uskunalarini oʻrnatish jarayonlari va mavjud muammolar oʻrganildi.

 Tadbir davomida korxona vakillariga yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda texnik reglament, standartlashtirish, metrologiya  talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida  mahsulotlarni qadoqlanishi, yorliqlanishida yozuvlarni toʻliq davlat tilida boʻlishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.