OʻzTTSA da Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari Alijan Aksoy, Abdullax Yavuz Turker va Turk Standartlari Instituti (TSE) Oʻzbekistondagi vakili Kurshat YILMAZ bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik asosida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida amalga oshirilgan ishlar,
kun tartibidagi masalalar, ikki mamlakat oʻrtasida soha yoʻnalishlarida oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha navbatdagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar muhokama qilindi.

Turk standartlari instituti, Turkiya akkreditatsiyalash agentligi va Turkiya Milliy metrologiya instituti bilan hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqilgani qayd etildi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining kalibrlash laboratoriyalari Turkiya akkreditatsiyalash agentligi (TÜRKAK) tomonidan xalqaro darajada akkreditatsiyadan oʻtkazildi.

Massa, bosim va harorat kattaliklari boʻyicha koʻrsatiladigan kalibrlash xizmatlari Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) doirasida tan olishga zamin yaratildi.

16 nafar xodimi TÜBİTAK UME idorasi va 30 nafar xodim Turk standartlari instituti (TSE) laboratoriyalarida bilim va tajribalari oshirdi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan milliy etalonlar bazasini rivojlantirish ishlarini oʻrganish maqsadida, laboratoriyalarning texnik bazasi bilan yaqindan tanishtirildi. Institutda milliy etalonlarni saqlash, ulardan foydalanish boʻyicha yaratilgan infratuzilma, laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va meʼyoriy talablarga mosligi Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan eʼtirof etildi.

Tadbir yakuniga koʻra, soha yoʻnalishlarda ikki tomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.


Xalqaro hamkorlik boshqarmasi