Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Germaniya Federal fizika-texnika instituti (PTB) eksperti Klemens Sinatra va loyiha koordinatori Kristoffer Kollel bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Milliy sifat infratuzilmasidagi islohotlarni qoʻllab quvvatlash” loyihasi doirasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida amalga oshirilgan va amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, sifat infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha ishlar rejasi, metrologiyaga oid loyiha-takliflar, xodimlar malakasini oshirish, mahalliy sanoat korxonalari bilan tizimli ishlash va jarayonlarni integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan milliy etalonlar bazasini rivojlantirish ishlari, milliy etalonlarni saqlash, ulardan foydalanish boʻyicha yaratilgan infratuzilma, laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va meʼyoriy talablarga mosligi, Oʻzbekiston akkreditatsiya markazini Laboratoriyalar akkreditatsiyasi Xalqaro hamkorligi (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF)ga toʻla qonli aʼzo boʻlish, oʻzaro tan olish kelishuv Bitimlarini imzolash uchun harakatlari Germaniya Federal fizika-texnika instituti (PTB) ekspertlari tomonidan ijobiy baholandi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi