Shu kunga qadar “UzTest” markazi Qoraqalpogʻiston filiali tomonidan mamlakatmizdagi 1268 ta yirik eksportyor korxonalarni hududlarda joyiga chiqib oʻrganish ishlari olib borildi.

Jumladan, Nukus tumanida joylashgan “KPC NUKUS HERBAL TECHNOLOGY” korxonasida oʻrganish ishlari olib borildi. Korxona qizilimiya ildizi va ekstarktini Xitoy davlatiga eksport qilib kelmokda.

Oʻrganish jarayonida korxona vakillariga mahsulotlarni ishlab chiqarishda texreglamentlarga amal qilinishi, qadoqlanishi va tamgʻalanishi zarurligi boʻyicha tegishli tushunchalar berildi. Korxona GOST 22839-88, GOST 22840-77 standartlari bilan taʼminlandi va Xitoy, Xindiston, Pokiston va Eron davlatlarining talablari yetkazildi.