Respublikamizda oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga asosan oliy taʼlim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini taʼminlash  orqali malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

 Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax  filiali tomonidan Jizzax Politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakultetida  innovatsion rivojlantirish boshqarmasi bilan hamkorlikda 2022-yil 25-mart “INNO-DAY” iqtidorli yoshlar ilmiy-innovatsion tanlov oʻtkazildi.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, taʼlimni ishlab chiqarish bilan birga olib borish hamda  ilmiy izlanish olib borayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.