Soʻnggi  yillarda  barcha sohalar qatori  taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan  islohotlar, eng avvalo  zamon talablariga  mos malakali  kadrlarni  tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlari  va ijtimoiy  sohada raqobatbardosh  mutaxassislarni  yetkazib berish, bu orqali iqtisodiy taraqqiyot  va  ijtimoiy farovonlikni taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro filiali hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bilan yaqin hamkorlikda nazariy bilim koʻnikmalarini  ishlab chiqarish jarayoni bilan integratsiya qilish maqsadida  institut talabalari  amaliyotlarini  bosqichma-bosqich filialda oʻtkazishlariga keng imkoniyat yaratib berilgan.

Bundan tashqari, “Metrologiya, standartlashtirish va  mahsulot sifati  menejmenti” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha hamkorlikda  institut bilan “OʼLCHASH  ASBOBLARINI  KONSTRUKSIYALASH” kitobi nashrdan chiqarilib, nazariy bilimlarni oshirishda muhim  qoʻllanma hisoblanadi.

Joriy yilning 15-aprel kuni 2021-2022 oʻquv yili talabalari hamda bitiruvchi yosh mutaxassislarni  ishga taqsimlash, shartnomalar tuzish va ishga joylashtirish boʻyicha “KARYERA-2022”  mehnat  yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Ushbu yarmarkada Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, hamda  Oʻzbekiston  ilmiy-sinov va sifat nazorati  markazi,  Buxoro  filiali masʼullari ham faol ishtirok etdilar.