Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va Departamentning hududiy filiallari tashabbusi bilan, sanoat kooperatsiyasini rivojlanish va ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarga “Asian Golden Oil” MCHJ da faoliyat yuritayotgan turk eksperti Hamid Atasay ishtirok etib, tadbirkorlik subyektlari uchun “Xalqaro standartlarni joriy etish amaliyoti va uning afzalliklari” yuzasidan maʼlumot berdi.

Oʻquv seminarida Qarshi shahri, Qarshi, Koson, Gʻuzor, Nishon, Kasbi tumanlaridan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sanoati, toʻqimachilik va yengil sanoat, qurilish mahsulotlari, elektrotexnika, charmsanoat korxona masʼullari ishtirok etdi.

Seminarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda Turkiya tajribasi, va talablari, xalqaro standartlarni joriy etishdan kuzlangan maqsad, sifat nazorati yuzasidan amalga oshiriladigan ishlari haqida maʼlumot berildi. berdi.

Shuningdek uchrashuvda ISO 9001, ISO 14001, ISO 50001, ISO 22000, GLOBAL G.A.P, ORGANIC, va Oeko-Tex Standards 100 xalqaro standartlarini joriy etish va sertifikatlashtirish boʻyicha tayyorlangan koʻrgazmali maʼlumot va vedeoroliklar namoyish etildi.