“9-may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Bayram tadbirida Agentlik rahbariyati faxriylarni yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklab, ezgu tilaklarni bildirdilar. Bugungi tinchligimiz uchun oʻzining yoshlik damlarini baxshida etgan hamyurtlarimiz xotirlandi, ularga  minnatdorchilik bildirildi.

Shundan soʻng bayram munosabati bilan keksalarga kasabaa uyushmasi qoʻmitasining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Oʻz oʻrnida faxriylar oʻzlarining xotiralaridan hikoya qilib, ish boshlagan davr bilan bugungi kun oʻrtasida katta oʻzgarishlar, islohotlar, yangilanishlar boʻlayotganligini eʼtirof etdilar.

Shuningdek uchrashuvda inson qadrini ulugʻlash, ustoz-shogird maktablarining ahamiyati yuzasidan mulohazalar bildirildi.