Chirchiq shahar hokimligi tashabussi bilan “Kimyogarlar istirohat bogʻi”da “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida forum oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda turli xil sport musoboqalari, kitobxonlik va sheʼr aytish baxslari tashkil etildi. Shahardagi barcha korxona yoshlari qatorida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Chirchiq filiali yoshlari ushbu forum ishtirokchisiga aylandi hamda stol tennisi va kamon otish musoboqalari sovrindori boʻldi.