“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasi Samarqand filiali ma'sullari “korxonabay” ishlash tizimi doirasida maishiy texnikalar ishlab chiqaruvchi “SAXARI” MChJda bo‘ldilar

Xususan ma'sullar tomonidan “SAXARI” MChJda ishlab chiqarilayotgan maishiy sovutgichlar ko‘zdan kechirilib, mahsulotlarni davlat tilida yorliqlanishi, korxonada xalqaro standartlarni joriy etishning eksportdagi ijobiy ta'siri va boshqa yo‘nalishlarda batafsil ma'lumotlar berildi.

Bundan tashqari korxona tashkil etilgan sinov laboratoriyasi faoliyati o‘rganilib sinov laboratoriyasini zamonaviy sinov uskunalari bilan jixozlash va akkreditasiyadan o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.