OʻzTTSA Qashqadaryo hududiy filiallari mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Qarshi tumanida faoliyat koʻrsatayotgan “LT Textile International” korxonasida boʻldilar. Mazkur korxona Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligi doirasida tashkil etilgan boʻlib, 2017-yildan kalava ip ishlab chiqarish va eksport qilish faoliyati bilan shugʻullanib keladi. Mahsulotlari Turkiya, Eron, Rossiya, Pokiston singari davlatlarga eksporti yoʻlga qoʻyilgan. Uchrashuvda korxona vakillariga mutaxassislar tomonidan “GSP+” tizimi boʻyicha toʻliq maʼlumot berilib, korxonada “OEKO-TEX”, ISO xalqaro standartlarini joriy etishning afzalliklari, hukumat tomonidan eksportyor korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etishda berilgan imtiyozlar yuzasidan maʼlumot berildi. Xalqaro standartlarni joriy etish natijasida korxona eksport geografiyasi kengayishi, ish samaradorligi ortishi bildirildi. Korxona vakillari tomonidan ham yuqoridagi mavzularda hamkorlikda ishlash boʻyicha qiziqish bildirildi. Uchrashuv yakunida keyingi faoliyatda oʻzaro hamkorlikda ishlash boʻyicha kelishib olindi.