Xalqimizda “ustoz otangdek ulugʻ” degan gap  bejiz aytilmagan. Darvoqe, ustoz deganda  inson koʻnglida ehtirom va cheksiz minnatdorlik paydo boʻlib, bu yorugʻ olamda onadek mehribon, otadek gʻamxoʻr,  aziz va muhtaram boʻlgan ulugʻ zot bu-ustoz va murabbiylardir.

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Fargʻona filialida “Sizga taʼzim, aziz ustozlar” mavzusida maʼnaviy–maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Uchrashuvda masʼullar  metrologiya sohasida 40 yildan ortiq mehnat qilib, hozirgi kunda oʻnlab shogirdlarga ustozlik qilib kelayotgan Shalverova Zera Midatovnani  bayram bilan tabrikladi.  Shuningdek maʼrifiy uchrashuvda Z.Shalverovaning shogirdlari  ustozga oʻzlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildirib, bayram bilan chin dildan tabrikladilar. Tadbir yakunida ustozga esdalik sovgʻalari  topshirildi.