Bugun Oliy Majlis Senatorlari Texnik jihatdan tartibga solish tizimidagi qonunchilik loyihalari bilan tanishmoqdalar.
Mazkur uchrashuvda “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi va “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining muhokamasi boʻlib oʻtmoqda.
Dastavval poytaxtda joylashgan Texnoparkda boshlangan tadbir Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “UzTest” markazi hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti laboratoriyalarida davom ettiriladi.
Mazkur davra suhbatlarida senatorlar metrologiya, akkreditatsiya va muvofiqlikni baholash sohalarida belgilangan tartib-tamoyillar bilan yaqindan tanishadilar.