O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Toyloq tumanida joylashgan “Sam plast water”  korxonasida bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. 
 Hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
Suhbatlar davomida mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni bo‘yicha tushunchalar berib o‘tishdi.