O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali mas’ullari tomonidan olib borilayotgan sanoat korxonalari bilan tizimli tarzda hamkorlikda ishlash doirasida maishiy texnikalar ishlab chiqaruvchi “Turbo hygienic” xorijiy korxonasida bo‘lishdi.
Xususan, mas’ullar korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanitar gigiyenik mahsulotlar ko‘zdan kechirilib, mahsulotlarni davlat tilida yorliqlanishi, korxonada xalqaro standartlarni joriy etishning eksportdagi ijobiy ta’siri va boshqa yo‘nalishlarda batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, korxona vakillarini qiziqtirgan sohaga doir qonunchilik bo‘yicha keng tushunchalar berildi.