“O‘zstandart” agentligining Navro‘z bayrami tabrigi

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati va jamoasi nomidan tizimidagi barcha hamkasblarni qadimiy ayyom, go‘zallik va yangilanish bayrami – Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etamiz.

Navro‘z bayrami xalqimiz uchun milliy iftixor, o‘zlikni anglash va hamjihatlik ramzi hisoblanadi.

Agentlik xodimlari tomonidan ichki bozorlarimizni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilishga, mahsulot va xizmatlarni xalqaro standart talablari darajasiga olib chiqishda soha xodimlarining alohida xizmatlari bor.

Shu bilan bir qatorda, barchamiz bir bo‘lib, hamjihatlikda bundanda ko‘tarinki kayfiyat bilan, belgilangan rejalarimizni bajarib xalqimiz, davlatimiz, va hukumatimiz oldida vazifalarni yorug‘ yuz bilan bajarish nasib etaversin.

Bahorning shukuhli damlarida, Navro‘z bayrami arafasida sizga, oila a’zolaringizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.

Fursatdan foydalanib siz azizlarni yana bir bor bayramingiz bilan tabriklaymiz. Oilangiz, farzandlaringiz va yaqinlaringiz baxtiga sog‘-salomat bo‘lib yuringlar.

“O‘zstandart” agentligi jamoasi.