Har bir sohaning rivojlanishi, ma’lum bir yutuqlarga erishishning bosh omili bu e’tibordir.
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tomonidan boshqa sohalar qatori “O‘zstandart” agentligi faoliyatiga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik sohada mehnat qilayotgan har bir rahbardan tortib, oddiy xodimgacha katta imkoniyatlar yaratishi bilan birga o‘z ishiga masu’liyat ham yuklaydi.
Ayniqsa, joriy yilning 28 apreldagi “O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori soha rivojida tarixiy davrni boshlab berdi.
Endilikda “O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini jahon standartlari asosida tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Muhimi kelgusida agentlik jahondagi nufuzli metrologik tashkilotlar bilan teng huquqda hamkorlik istiqbollari kengayadigan bo‘ldi.
Avval xabar berganimizdek joriy yilning 30may-5iyun kunlari “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Xaitov rahbarligida bir guruh xodimlar Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida davlatlararo Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashning 51 yig‘ilishida ishtirok etdilar.
O‘za’ro hurmat va do‘stlik, hamkorlik ruhida o‘tgan yig‘ilishda sohaning kelgusidagi istiqbollari haqida bir qancha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur xalqaro anjumanda yangragan quvonchli xushxabarlardan biri bu- 2017-2018 yillarda nufuzli kengashga “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Xaitovning rais etib saylangani bo‘ldi.
Dunyoda katta-kichik yurtlar va mamlakatlar ko‘p. Ammo ularning barchasida ham davlatchilik to‘la qaror topgan deb ayta olmaymiz. Eng asosiysi ularning hammasi ham jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega emas.
Jonajon O‘zbekistonimiz va u tanlagan yo‘l eng to‘g‘ri va eng maqbul yo‘l ekanligi nafaqat o‘zimizda, balki dunyoning nufuzli minbarlari orqali e’tirof qilinmoqda.
Dunyo tan olgan siyosatimiz, iqtisodiy islohotlarimiz va aholi farovonligi yo‘lidagi kuchli ijtimoiy siyosatimiz natijasi har sohada o‘z mevasini bermoqda.
“O‘zstandart” agentligining barcha jamoasi 2017-2018 yillarda MGS Kengashiga Bosh direktorimiz Aktam Xaitovning rais etib saylangani haqidagi yangilikni juda katta xursanchilik bilan kutib oldilar.
Ulug‘ bayramlar arafasida, muborak kunlarda barchani mazkur yangilik ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi. Sohada qisqa vaqt ichida tinimsiz mehnat va fidoiylik evaziga qo‘lga kiritilgan muvoffaqiyatlarning mevasi sifatida qabul qilindi.
“O‘zstandart” agentligi mazkur yangilikni xush kayfiyat bilan kutib olish barobarida, kelgusi yilda yurtimizda o‘tkazilishi kutilayotgan nufuzli anjumanga puxta hozirlik ko‘rish choralari ham ko‘rilmoqda.
Asosiy maqsad, yurtimizga tashrif buyurayotgan aziz mehmonlarga mamlakatimizning diqqatga sazovro joylarini ko‘rsatish, tizimdagi zamonaviy labaratoriyalar bilan tanishtirish va eng asosiysi ularda mehnatkash xalqimiz haqidagi tasavvurlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.
Yana bir bor Bosh direktorimizni masu’liyatli vazifalari bilan tabriklaymiz.