Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



“O’zstandart” agentligi va uning  tizimidagi tashkilotlar  tomonidan  2015 yil  1-yarim yillik yakunlari  bo’yicha  amalga  oshirilgan ishlar  to’risidagi  
MA’LUMOTNOMA

2015 yil 1-yarim yillikda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor vazifalari amalga oshirilishini baholash to’g’risidagi Vazirlar Mahkamasi yig’ilishida quyidagilar qayd etildi.

Respublikada yalpi ichki mahsulotning o’sishi 8,1 foizni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi - 8,1 foizni, shu jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlari-13,5 foizni, qishloq ho’jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi - 6,5 foizni, qurilish ishlari hajmi - 18,0 foizni, chakana tovar aylanmasi hajmi - 14,8 foizni, xizmatlar ko’rsatish hajmlari 10,4 foizni tashkil qildi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko’rsatkichlaridan oshmadi.

Investitsiya iqlimini yanada takomillashtirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilash bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida o’zlashtirilgan investitsiyalar hajmining 9,8 foizga, shu jumladan to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalarning 10,9 foizga o’sishiga ko’maklashdi.

Shuningdek, eksport qiluvchi korxonalarni rag’batlantirish va mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarishda har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida  yil boshidan buyon eksport faoliyatiga
490 ta yangi korxonalar jalb etildi, 168 ta yangi mahsulot turlarini eksport qilish o’zlashtirildi.

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha amalga oshirilgan uzluksiz ishlar tufayli joriy yilning 1-yarim yillikda 15,2 mingta yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etildi. Kichik biznes mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari 31,4 foizga ko’paydi.

Shuningdek, yangi ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini oshirish dasturining faol amalga oshirilishi tufayli joriy yil 1 – yarim yillikda 41,8 mingta yangi ish o’rinlari tashkil etildi, ularning 274,9 mingdan ko’prog’i yoki
62,2 foizi qishloq joylarda yaratildi.

"O’zstandart" agentligi tizimi korxonalarining o’sish sur’ati o’tgan yilning shu davriga nisbatan 130,8 foizni, jumladan sinov va sertifikatlashtirish markazlari bo’yicha 132,1 foizni, Metrologiya xizmatlari ko’rsatish markazi bo’yicha 139,1 foizni, Axborot-ma’lumot markazi bo’yicha 111,7 foizni, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti bo’yicha 115 foizni, Shtrixli kodlash markazi bo’yicha 105,1 foizni, Milliy etalonlar markazi bo’yicha 116,4 foizni hamda Standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari bo’yicha 107 foizni tashkil etdi.

“O’zstandart” agentligining 1-yarim yil yakunlari bo’yicha agentlik tizimi korxonalarida o’rtacha ish haqi miqdori o’tgan yilning shu davriga nisbatan 132,4 foizga o’sishga erishildi.

Joriy yil I-yarim yillik davomida 1121 ta normativ hujjatlar va ularga kiritilgan o’zgartirishlar davlat ro’yxatiga olindi, hamda normativ hujjatlar davlat fondi, 879 ta GOST R, 1051 ta GOST va 231 ISO jami 2161 ta yangi normativ hujjatlar bilan to’ldirildi. Shuningdek, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq, 54 ta ho’jalik yurituvchi sub’ektlarida davlat nazorati o’tkazildi.

O’tkazilgan davlat nazoratida 149 turdagi mahsulotlar hamda 14966 ta o’lchov vositalari tekshirildi. Tekshirilgan o’lchov vositalaridan 132 (5,6%) donasi yaroqsizligi aniqlangan. Shuningdek, 69 ta shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan qo’llanilgan jarimalar miqdori 13497,6  ming so’mni tashkil etdi.

Agentligi tizimidagi Hududiy SSMlar tomonidan I-yarim yillikda 26 834 ta muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan bo’lib, shu jumladan 1319 ta sertifikat horijiy mamlakatlar sertifikatlarini tan olish yo’li bilan, 354 ta sertifikat deklaratsiyalash yo’li bilan rasmiylashtirildi.

Sifatni boshqarish tizimlarini (SBT) joriy etishni muvofiqlashtirish bo’yicha Maxsus ishchi guruh yig’ilishining 2014 yil 24 dekabrdagi 69-son bayoni asosida ishlab chiqilgan va Bosh vazir o’rinbosari tomonidan tasdiqlangan tarmoq jadvaliga 2240 ta korxona kiritilgan bo’lsa, shundan 748 ta (33,4%) korxonada SBT 2015 yilda joriy etilishi belgilangan. 2015 yil I-yarim yillik holatiga 748 ta (100%) korxona bilan SBTni joriy etish bo’yicha shartnomalar imzolandi, shu jumladan 283 ta (37,8%) korxonada sifat tizimi joriy etilib, sertifikatlashtirildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida, SBT sertifikatlashtirgan korxonalar Davlat reestriga 1706 ta korxona kiritilib, ularga 1788 ta menejment tizimlari muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi.

Sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari, sifat tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari hamda inspektsiya idoralarini akkreditatsiya qilish va akkreditatsiya doiralarini kengaytirish bo’yicha jami 138 ta ob’ektlardan murojaatlar kelib tushdi, shuningdek 17 ta mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish idoralari, 9 ta inspektsiya idorasi, 4 ta sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi va 108 ta sinov laboratoriyalarida inspektsiya nazoratlari o’tkazildi.

Alkogolli mahsulotlar sifati bo’yicha davlat inspektsiyasi tomonidan 2015 yil I-yarim yillikda 6 ta ho’jalik faoliyati yurituvchi sub’ektlarda davlat nazorati o’tkazildi.

Metrologiya xizmatlari ko’rsatish bo’yicha, 1 mln. 289 ming 365 dona o’lchov vositalari qiyoslangan bo’lib, ulardan 30422 donasi qo’llashga yaroqsiz deb topildi va ularning qo’llanilishi to’xtatildi.

Mahsulotni eksport qilishga ko’maklashish Byurosi va uning viloyatlardagi vakillari tomonidan joriy yil I-yarim yillik davomida jami 654 ta (2014 yilning shu davrida 483 ta korxona) korxonalarga murojaatlar bo’yicha konsultativ xizmatlar ko’rsatildi.