Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



“O‘zstandart” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan 
2015 yil 9 oy yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘risidagi 
MA’LUMOTNOMA

"O‘zstandart" agentligi tizimi korxonalari tomonidan bajarilgan ishlar xajmi 38,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 127,7 foiz o‘sishga erishildi. Jumladan sinov va sertifikatlashtirish markazlari bo‘yicha 127,6 foizni, Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi bo‘yicha 136 foizni, Axborot-ma’lumot markazi bo‘yicha 109 foizni, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 118,1 foizni, Shtrixli kodlash markazi bo‘yicha 101,5 foizni, Milliy etalonlar markazi bo‘yicha 118,3 foizni hamda Standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari bo‘yicha 119,6 foizni tashkil etdi.
9 oy yakunlari bo‘yicha agentlik tizimi korxonalarida o‘rtacha ish haqi miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 128,3 foiz o‘sishga erishildi.
2015 yil 9 oy davomida 1509 ta normativ hujjatlar va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar davlat ro‘yxatiga olindi, hamda normativ hujjatlar davlat fondi, 1001ta ГОСТ Р, 1205 ta ГОСТ va 308 ISO, jami 2514 ta yangi normativ hujjatlar bilan to‘ldirildi. Shuningdek, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq, 91 ta ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarida davlat nazorati o‘tkazildi.
Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha jami ro‘yxatga olingan mahsulotlarning katalog varaqlari (MKV)ning soni 15600 tani tashkil etdi. O‘tkazilgan davlat nazoratida 225 turdagi mahsulotlar hamda 19187 ta o‘lchov vositalari tekshirildi. Tekshirilgan o‘lchov vositalaridan 1043 (5,4%) donasi yaroqsiz deb topilgan. Shuningdek, 105 ta shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan qo‘llanilgan jarimalar miqdori 21 110,4 ming so‘mni tashkil etdi.
Joriy yiln 9 oyi davomida sertifikatlashtirish Milliy tizimida jami 101 757 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilgan bo‘lib, shundan 41 143 tasi hududiy SSMlar tomonidan rasmiylashtirilgan, shu jumladan 1990 ta sertifikat horijiy mamlakatlar sertifikatlarini tan olish yo‘li bilan, 500 ta sertifikat deklaratsiyalash yo‘li bilan rasmiylashtirilgan. 
Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Maxsus ishchi guruh yig‘ilishining 2014 yil 24 dekabrdagi 69-son bayoni asosida ishlab chiqilgan va Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan tarmoq jadvaliga 2240 ta korxona kiritilgan bo‘lsa, shundan 748 ta (33,4%) korxonada sifatni boshqarish tizimlari 2015 yil davomida joriy etilishi belgilangan.
2015 yil 9 oy yakuni bo‘yicha 748 ta (100%) korxona bilan sifatni boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha shartnomalar imzolandi, shu jumladan 564 ta (75,4%) korxonada sifat tizimi joriy etilib, sertifikatlashtirildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, Davlat reyestriga 1976 ta sifatni boshqarish tizimini sertifikatlashtirgan korxonalar kiritilib, ularga 2065 ta muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi.
Joriy yilning 9 oy yakuni bo‘yicha sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari, sifat tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari hamda inspeksiya idoralarini akkreditatsiya qilish va akkreditatsiya doiralarini kengaytirish bo‘yicha jami 228 ta murojaatlar kelib tushdi, shundan 17 ta mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish idoralari, 46 ta sinov laboratoriyalari, 5 ta sifat tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi va 2 ta inspeksiya idorasi akkreditatsiya qilindi. Shu bilan birga 51 ta muvofiqlikni baxolash idoralarini akkreditatsiya doiralari kengaytirildi. 
Bundan tashqari, xisobot davrida 210 ta muvofiqlikni baxolash idoralarida inspeksiya nazoratlari o‘tkazildi.
Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 2015 yil 9 oyida 9 ta ho‘jalik faoliyati yurituvchi sub’ektlarda davlat nazorati o‘tkazildi. 
Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha, 1 mln. 886 ming 203 dona o‘lchov vositalari qiyoslangan bo‘lib, ulardan 43 806 donasi qo‘llashga yaroqsiz deb topildi va ularning qo‘llanilishi to‘xtatildi.
Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi va uning viloyatlardagi vakillari tomonidan joriy yil 9 oyi davomida jami 1 133 ta korxonalarga murojaatlar bo‘yicha konsultativ xizmatlar ko‘rsatildi. 
“O‘zstandart” agentligi markaziy apparatiga 2015 yilning 9 oy mobaynida 52 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari, 380 ta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining bayon va topshiriqlari qabul qilingan. 
Mazkur hujjatlar ijrosi bo‘yicha agentlikning 71 ta buyruq va nazorat rejalari ishlab chiqilgan bo‘lib, qolganlarini ijrosi yuzasidan tegishli amaliy ishlar olib borilmoqda. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risidagi” Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 14 oktyabrida Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risidagi Qonuni amalga oshirish choralari to‘g‘risida” 292-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorni ijrosi yuzasidan tasdiqlangan nazorat rejasi ijro uchun qabul qilindi.
Hisobot davrida agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 147 ta yozma (yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan 119 ta), 213 ta og‘zaki va ishonch telefoni orqali 28 ta murojaat kelib tushgan. 
Joriy yil 19 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan tasdiklangan “O‘zstandart” agentligi raxbariyatining 2015 yil 1 yarim yillikda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabul jadvaliga asosan 12 ta viloyat va Koraqalpog‘iston Respublikasida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabullar tashkillashtirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4720-son Farmoniga asosan 500 dan ortiq aksiyadorlik jamiyatlarida o‘rganishlar o‘tkazildi, hamda 217 ta korxonada sifat tizimlarini joriy etish belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi “2015-2019 yillar uchun iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoq sohalarida energiya hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2343-son qaroriga asosan 68 ta korxonada 2015-2019 yillarda ISO 50001 standartini joriy etish bo‘yicha tarmoq jadvallari ishlab chiqildi.