Xo'jalik yurituvchi sub'yektlar diqqatiga!
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 apreldagi 86-sonli "Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida O’zDSt 3017:2015 "Maishiy va boshqa energiya sarflaydigan qurilmalarning energetik samaradorligi va ularni tamg‘alash" O'zbekiston Respublikasining davlat standarti qabul qilindi.
Me’yoriy hujjat loyihasi bo‘yicha muhokama
Adliya vazirligida 2015 yil 30 dekabrda 2748-son bilan ro‘yxatga olingan «Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan "O‘zstandart" agentligi tomonidan «Muvofiqlikni baholash. Muvofiqlikni baholash organlarining xodimlari. Layoqatlilik mezonlari» me’yoriy hujjat loyihasi ishlab chiqildi.
Aloqa va telekommunikatsiya sohasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash
«Yangi davlat standartlarni ishlab chiqish va amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha respublika standartlashtirish rejasi»ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimining, tolali-optik aloqa liniyalarida va axborot uzatishda foydalaniladigan optik diapazon o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyatlarini reglamentlaydigan standartlar ishlab chiqildi.
Quyosh fotoelektrik tizimlari bo‘yicha standartlar amalga kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli “2015-2019 yillarda energiya sig‘imini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha choralar dasturi to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish maqsadida Davlat standartlari ishlab chiqildi va amalga kiritildi.
Standart talablari va sertifikatlashtirishning dolzarb masalalari
“O‘zstandart” agentligining bir guruh mutaxassislari “O‘zagroeksport” Aksiyadorlik jamiyati Maxsuslashgan Tashqi Savdo Kompaniyalari hamkoligida tashkil etilgan “Eksport qilinuvchi meva-sabzavot mahsulotlariga qo‘yilgan xalqaro standart talablari va ularni sertifikatlashtirish masalasi” mavzusidagi amaliy seminarda ishtirok etdilar.
Muvofiqlikni baholash sub’ektlari diqqatiga
“O‘zstandart” agentligining 31.05.2016 yildagi 05-763 sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti O’z DSt 16.11:2016 “Muvofiqlikni baholash. Turli xildagi inspeksiya o‘tkazuvchi idoralarini ishlashiga talablar” qabul qilindi.
Gaz ballonlarni qo‘rilmasini sinash bo‘yicha yangi sinov laboratoriyalari akkreditatsiya qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qorori bilan tasdiqlangan «Siqilgan tabiy gazda, suyultirgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi umumiy texnik reglamentda belgilangan sinov usullarini bajarish bo‘yicha «ALJ-Samarqand» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «AVTO STANDART ETALON» mas’uliyati cheklangan jamiyati sinov laboratoriyalari o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya qilindi.
Tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga
“O‘zstandar” agentligining 2016 yil 31 maydagi 05-765 sonli qarori bilan 2016 yil 1 iyundan O’z DSt 3084:2016 “Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari. Atamalar va ta’riflar” Davlat standarti joriy etildi.