Ўзбекистон техник жиҳатдан
тартибга солиш агентлиги

ФУҚАРОЛАРНИНГ  МУРОЖАAТЛАРИ

Fuqarolarning murojaati


Қидирув

Кенгайтирилган қидирув

Xo'jalik yurituvchi sub'yektlar diqqatiga!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 apreldagi 86-sonli "Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida O’zDSt 3017:2015 "Maishiy va boshqa energiya sarflaydigan qurilmalarning energetik samaradorligi va ularni tamg‘alash" O'zbekiston Respublikasining davlat standarti qabul qilindi.

Akkreditatlangan metrologiya xizmatlari, laboratoriyalari va markazlari e'tibori uchun!

"O'zstandart" agentligi 2015 yil 1 avgustidan O‘z DSt 8.029:2014 "O'zbekiston Respublikasining o'lchashlar birligini ta'minlash tizimi. O'lchash vositalarini kalibrlash. Asosiy qoidalar" davlat standarti amalga kiritilganligini ma'lum qiladi.

“ISO 50001 standarti talablari asosida energetika tizimlarini boshqarishni joriy etish bo‘yicha” amaliy seminar

2015 yil 26 noyabr kuni “O‘zstandart” agentligida “ISO 50001 standarti talablari asosida energetika tizimlarini boshqarishni joriy etish bo‘yicha” amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar Germaniyaning halqaro hamkorlik tashkilotini (GIZ) “O‘rta Osiyoda hududida savdoni qo‘llab quvvatlash” Dasturi yordamida “DQS Quality Systems” ekspertlarini jalb qilish orqali tashkil etildi.

Me’yoriy hujjat loyihasi bo‘yicha muhokama

Adliya vazirligida 2015 yil 30 dekabrda 2748-son bilan ro‘yxatga olingan «Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan "O‘zstandart" agentligi tomonidan «Muvofiqlikni baholash. Muvofiqlikni baholash organlarining xodimlari. Layoqatlilik mezonlari» me’yoriy hujjat loyihasi ishlab chiqildi.

Aloqa va telekommunikatsiya sohasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash

«Yangi davlat standartlarni ishlab chiqish va amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha respublika standartlashtirish rejasi»ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimining, tolali-optik aloqa liniyalarida va axborot uzatishda foydalaniladigan optik diapazon o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyatlarini reglamentlaydigan standartlar ishlab chiqildi.

Quyosh fotoelektrik tizimlari bo‘yicha standartlar amalga kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli “2015-2019 yillarda energiya sig‘imini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha choralar dasturi to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish maqsadida  Davlat standartlari ishlab chiqildi va amalga kiritildi.

Davlat metrologiya xizmatlari organlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning metrologiya xizmatlari e’tiboriga

Respublika standartlashtirish dasturini bajarish bo‘yicha ishlar doirasida «O‘zstandart» agentligi «Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi» DK («MXKM» DK) tomonidan O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimining quyidagi davlat standarti loyihasi tayyorlandi - «O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Refraktometrlar. Qiyoslash uslubiyoti» 

Hodimlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha yangi organ akkreditatsiya qilindi

Milliy akkreditatsiya organining qaroriga asosan Davlat reyestriga yangi xodimlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha yangi organ kiritildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga

Qog‘oz va karton mahsulotlarni ishlab chiqarish soxasida 10 ta Davlat standartlarining amal qilish muddati uzaytirildi.

Standart talablari va sertifikatlashtirishning dolzarb masalalari

“O‘zstandart” agentligining bir guruh mutaxassislari “O‘zagroeksport” Aksiyadorlik jamiyati Maxsuslashgan Tashqi Savdo Kompaniyalari hamkoligida tashkil etilgan “Eksport qilinuvchi meva-sabzavot mahsulotlariga qo‘yilgan xalqaro standart talablari va ularni sertifikatlashtirish masalasi” mavzusidagi amaliy seminarda ishtirok etdilar. 

Muvofiqlikni baholash sub’ektlari diqqatiga

“O‘zstandart” agentligining 31.05.2016 yildagi 05-763 sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti O’z DSt 16.11:2016 “Muvofiqlikni baholash. Turli xildagi inspeksiya o‘tkazuvchi idoralarini ishlashiga talablar” qabul qilindi. 

Gaz ballonlarni qo‘rilmasini sinash bo‘yicha yangi sinov laboratoriyalari akkreditatsiya qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qorori bilan tasdiqlangan «Siqilgan tabiy gazda, suyultirgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi umumiy texnik reglamentda belgilangan sinov usullarini bajarish bo‘yicha «ALJ-Samarqand» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «AVTO STANDART ETALON» mas’uliyati cheklangan jamiyati sinov laboratoriyalari o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya qilindi. 

Tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga

“O‘zstandar” agentligining 2016 yil 31 maydagi 05-765 sonli qarori bilan 2016 yil 1 iyundan O’z DSt 3084:2016 “Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari. Atamalar va ta’riflar” Davlat standarti joriy etildi.

Omixta yem yormasi ishlab chiqaradigan korxonalar diqqatiga!

“O‘zstandart” agentligining tegishli qarori bilan 2016 yil 10 iyundan O’z DSt 1076:2016 “Omixta yem yormasi, Texnikaviy shartlar” Davlat standarti joriy etildi.

Paxta xom ashyosi asosida mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar diqqatiga

“2016 yilda yangi turdagi davlat standartlarini ishlab chiqish va amalda bo‘lganlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha respublika standartlashtirish rejasi”ni bajarish doirasida paxta mahsulotlari bo‘yicha davlat standartlarini qayta qo‘rib chiqish amalga oshirildi. 

O‘quv seminarlari: Maqsad va istiqboldagi rejalar

Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi korxonalarning mutaxassislari uchun Joriy yilning 13–26 iyun kunlari o‘quv kurslari tashkil etildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga

“O‘zstandart” agentligining 2016 yil 24 iyundagi 05-772 sonli qarori bilan  yangi Davlat standartlari joriy etildi.

Qandolat mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar diqqatiga!

“O‘zstandart” agentligining 01.07.2016 yildagi 05-774 sonli qarori bilan 01.08.2016 yildan O’z DSt 3088:2016 “Sutli-yong‘oqli biskvitlar. Texnikaviy shartlar” Davlat standarti joriy etildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari va muvofiqlikni baholash sub’ektlari diqqatiga

“O‘zstandart” agentligining 2016 yil 18 iyuldagi 05-777 sonli qarori bilan alkogol mahsulotlari sohasida yangi Davlat standartlari joriy etildi

Axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar diqqatiga!

“O‘zstandart” agentligining 2016 yil 5 avgustdagi 05-780 sonli qarori bilan 2016 yil 1 sentyabrdan quyidagi Davlat standartlari joriy etildi.