«UZSTANDARD» agency

Standartization, metrology and certification
agency of Uzbekistan

CITIZENS  APPEALS

Fuqarolarning murojaati



Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi "Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi 122-sonli qaroriga asosan ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida "O’zstandart" agentligida Mahsulotlarni eksport qilishga ko’maklashish Byurosi (keyinchalik - Byuro) tashkil etildi.

      Byuroning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • eksportga mo’ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlar, sertifikatlash, yorliqlash, o’rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo’yicha bepul maslahat xizmatlari ko’rsatish;
  • eksportga mo’ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro va mamlakatlararo standartlar talablarini joriy etish va ularga erishish bo’ yicha takliflar ishlab chiqish;
  • korxonalarga mahsulotni xorijiy bozorlarga kiritish bo’yicha axborot-maslahat yordami ko’rsatish
  • mahsulotni standartlashtirish, sertifikatlash, yorliqlash, o’rash va boshqa parametrlar bo’yicha xalqaro va mamlakatlararo talablar bo’yicha yagona ma'lumotlar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish.

Byuroda Standartlashtirish,  Metrologiya,  Mahsulotlarni sertifikatlash, qadoqlash, yorliqlash va boshqa parametrlar bo’yicha, Organlar va laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish va attestatsiyadan o’tkazish bo’ yicha maslahatchilari, hamda hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalaridagi vakil (maslahatchilari) faoliyat ko’rsatmoqda.

Byuroning markaziy apparati "O’zstandart" agentligi binosida joylashgan, manzili quyidagicha:
Byuroning elektron pochtasi export@standart.uz
Telefon raqami: 249-80-15; 202-00-11 (1009)
Manzili:  Toshkent shahri 100049, Olmazor tumani, Forobiy ko’chasi 333 "A"

Viloyatdagi tadbirkorlar esa "O’zstandart" agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalariga (Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari) murojaat etishlari mumkin.

Diqqat!

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatning (GIZ) “Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi va BMT Taraqqiyot Dasturining Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi ko‘magida “Uzstandart” agentligining “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi” tomonidan “Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak (meva-sabzavot mahsulotlari misolida)” qo‘llanmasi  (pdf, 4.5MB) tayyorlandi. Ushbu qo‘llanma o‘z mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatlariga eksport qilishdan manfaatdor bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma Yevropa Ittifoqining Yagona bozori to‘g‘risida umumiy tushuncha, shuningdek, YeI mamlakatlariga meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishda qo‘yiladigan maxsus talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishda tadbirkorlarga yordamchi vosita vazifasini o‘taydi. Bundan tashqari, qo‘llanmada manbalar uchun havolalar ko‘rsatilgan bo‘lib, ularda YeI mamlakatlariga import qilish bilan bog‘liq qonun hujjatlari va tartib-taomillar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar keltirilgan. Qo‘llanmaning elektron versiyasini “O‘zstandart” agentligining internet tarmog‘idagi www.standart.uz saytidan va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining www.uz.undp.org. saytidan olish mumkin. Qo‘llanmani ishlab chiqishda YeI eksportni qo‘llab-quvvatlash xizmatining YeS Export Helpdesk (www.exporthelp.europa.eu) saytida taqdim etilgan ma’lumotdan foydalanilgan.

 

«O‘zstandart» agentligi “Mahsulotlarni eksportga qilishga ko‘maklashish Byurosi» hamda Germaniya Halqaro xamkorlik tashkilotining «Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi bilan hamkorlikda «Yevropa ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak. Tekstil mahsulotlari misolida» qo‘llanmasi tayyorlandi.  (pdf, 4.5MB). Ushbu qo‘llanma tekstil mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishdan manfaatdor bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga import qilish tartib-taomillari va qo‘yiladigan talablar hamda tekstil mahsulotlarining halqaro standartlari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan. 

 

     

 

Diqqat!  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122 – sonli «Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qaroriga asosan eksportga etkazib berish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlarni majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi bekor qilindi.

     Eksportga ishlab chiqaradigan korxonalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalaridagi mamlakatlararo talablar bo’yicha ma’lumotlarga tez sur’atda ega bo’lishlarini oshirish uchun tegishli saytlarga havolalari bilan davlatlar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar taqdim etilgan:

MDH davlatlari bo’yicha ma’lumot

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi huqumatlararo bitimlari;

Texnik reglamentlari;

Majburiy tartibda muvofiqligi baholanadigan maxsulotlar ro’yxati;

Akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari ro’yxati;

Davlatlararo standartlar katalogi;

MDH davlatlarining bozorlarida mahsulotni joylashtirish 

Armaniston 

Belarus 

Qozog’iston 

Rossiya 

Ukraina

Bojxona Ittifoqining  (Belarus, Qozog’iston, Rossiya) a’zo davlatlarida mahsulot xavfsizligi ustidan nazorat bilan bog’liq 

Xorijiy davlatlar bo’yicha ma’lumot

Misr Arab Respublikasi

Buyuk Britaniya

Germaniya

Hindiston

Xitoy Xalq Respublikasi

Polsha

Franstiya

Yaponiya