Quyosh fotoelektrik tizimlari bo‘yicha standartlar amalga kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli “2015-2019 yillarda energiya sig‘imini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha choralar dasturi to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish maqsadida Davlat standartlari ishlab chiqildi va amalga kiritildi.
Ostonada ishchi gurux uchrashuvi
2016 yilning 12-13 aprel kunlari Ostona shahrida (Kozog‘iston Respublikasi) “O‘zstandart” agentligi, AK “Uzavtosanoat” va QK “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ vakillaridan iborat ishchi gurux Qozog‘iston Respublikasi texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya Qo‘mitasi rahbariyati va mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Akkreditatsiya Kengashi kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi
2016 yilning 22 iyul kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligida, Akkreditatsiya Kengashi sertifikatlashtirish idoralarining 2016 yil 1 yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.
Samarqand viloyatida “Sifat oyligi” yuzasidan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 29 iyul kuni Samarqand viloyat Matbuot uyida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli Qarori ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan viloyat xalq xo‘jaligi sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida "Sifat oyligi" o‘tkazilayottanligi munosabati bilan Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonalari tomonidan "Sifat-kelajak poydevori" mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston-Xitoy hamkorlik istiqbollari.
Jizzax insdustrial erkin hududida joylashgan Sirdaryo filialida hozirgi kunda “Peng Sheng” MChJ QK- keramik plitkalar, “Pengzhong Xingsheng” MChJ QK- uyali aloqa vositalari, “Peng Sheng Casing” MChJ QK - katta va mayda shoxli hayvonlarning ichki a’zolarini qayta ishlash, “Peng Sheng Feed” MChJ QK-uy hayvonlari uchun ozuqa, “Peng Sheng Shoes” MChJ ChEK - poyafzal mahsulotlari, “Peng Sheng Charm” MChJ ChEK - teri mahsulotlarini qayta ishlash, “AWP” MChJ KK – santexnika mahsulotlari, “Sirdarya Ceramic Production” MChJ ChEK - keramik plitkalar ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etildi.
Sport anjomlarini Xalqaro talablar asosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
“O‘zstandart” agentligi tomonidan 2016 yilda Respublikamizning 11 hududlarida ta sport inventarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarida sifat tizimlarini joriy etish belgilangan Mazkur ishlar yil so‘ngida tahlil qilinganda korxonalarning 10 tasi Andijon viloyatidagi “Hurinisotexrivoj” MChJ, “Beshariq savdo lyuks” xususiy korxonasi, Namangan viloyatidagi “Mashxim” MChJ, Samarqand viloyatidagi “Amin Invest Interneshnl” MChJ QK, “Otabek” MChJ, “Zulfiya” MChJ, Xorazm viloyatidagi “Xorazm sport impeks treyd” MChJ va Toshkent shahridagi “Telemetrik” MChJ, “Barchinoy Toshkent” MChJ, “Tashelektroniks” MChJ xalqaro standartlar talablari asosida sertifikatlashtirildi. Shuningdek, Andijon viloyatidagi “Bog‘i Bahor Tekstil” MChJ korxonasida sifat tizimlarini joriy etish 2017 yilda rejalashtirildi.
Yangi turdagi suv hisoblagichlari Davlat reyestriga kiritildi
“O‘zstandart” agentligi “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasida ushbu hisoblagichlarni iqlimiy, vibratsion, portlash xavfsizligi va metrologik xossalarini aniqlash maqsadida davlat sinovlari o‘tkazildi va ijobiy natijalar olindi.
O‘lchovlar va natija.
Germaniyada ishlab chiqilgan va hujjatlar ekspertizasini ijobiy natijalarida tan olingan suvdagi temir, marganets, sulfat, nitrat, nitrit va ammoniyning massa konsentratsiyasini o‘lchashlarni bajarish usuliyati (O‘BU) O‘zbekiston Respublikasi O‘BU davlat reyestriga O′z OU 0718:2016 (Test 1.14761:2013), O′z OU 0721:2016 (Test 1.14770:2013), O′z OU 0722:2016 (Test 1.14548:2013), O′zOU 0719:2016 (Test 1.09713:2013), O′z OU 0717:2016 raqamlari ostida kiritilgan.
O‘lchashlar va yuqori aniqliklar.
Hujjatlar ekspertizasining natijalari asosida Belgiyada ishlab chiqarilgan 11 ballondagi uchta turdagi gaz aralashmasi tarkibining standart namunalari O‘zbekiston Respublikasi O‘lchash vositalari davlat reyestriga O′z DSN 04.2344:2016 ÷ O′z DSN 04.2353:2016. raqamlar ostida kiritildi.
Ishlab chiqaruvchi korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlariga qulayliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi “2020 yilgacha bo‘lgan davrda milliy infratuzilmalar sifatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 298-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, qo‘shma korxonaning yengil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasi joriy yilning 5 fevralida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan edi.
Yengil sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlar talablari asosida sinovlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi
Ishlab chiqaruvchi korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlariga qulayliklar yaratish maqsadida, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi “2020 yilgacha bo‘lgan davrda milliy infratuzilmalar sifatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 298-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, qo‘shma korxonaning yengil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasi 2016 yilning 5 fevralida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan edi.
Namangan viloyatida mahsulot eksporti qiluvchi korxonalarga yordam berilmoqda
Ushbu ishchi guruxda viloyat TIAIS boshkarmasi, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini kullab-kuvvatlash jamgarmasiining Namangan viloyati vakili, “Uzbekinvest” eksport import milliy sugurta kompaniyasi Namangan filiali menedjeri, “Uzstandart” agentligi Maxsulotlarni eksport kilishga kumaklashish byurosining Namangan viloyati vakili va Savdo sanoat palatasi Namangan viloyati boshkarmasi vakillaridan iborat.