Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


"Akkreditatsiya markazi" DUK

   Manzil: Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko'chasi,105

   Markaz direktori: Zakirov Ansabxon Akaidinovich

   Telefon:    +998 (78)113 01 11

   Faks: -

   Ishonch telefoni: +998 (78)113 01 11

   Elektron pochata manzili: info@akkred.uz

Ish vaqti: Dushanba-Shanba: 09:00 – 18:00. Tushlik vaqti: 13:00 – 14:00

Hudud web sihifasi o`tish: akkred.uz


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 24 apreldagi 349-sonli qaroriga asosan Akkreditatsiya markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda akkreditatsiya jarayonining betarafligi va xolisligini ta’minlagan holda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
  • Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilotga (ILAC) va Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forumga (IAF) to‘laqonli a’zo sifatida kirish;
  • akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga rioya qilish;
  •  akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni, shu jumladan, o‘zining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratish;
  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya bo‘yicha ishlar natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish;
  • akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchiliknining ulardan foydalanishini ta’minlash.