“O‘zbekiston – Turkiya” ikki tomonlama xamkorlikni samarali bosqichlari

Shu yilning 21-23 avgust kunlari “O‘zstandart” agentligiga Turkiyaning TUBITAK UME va boshqa davlat tashkilotlari vakillaridan iborat bo‘lgan delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya vakillaridan:

doktor Mustafa Chetindosh – UME direktori;

Suleyman Yashar – UME direktori o‘rinbosari;

Oner Baran – Sanoat va texnologiyalari vazirining o‘rinbosari;

Aydin Aslandag – Istanbul savdo-sanoat palatasi boshqaruvi Kengashi a’zosi;

doktor Akif Akgyul – Mashinasozlik va kimyo sanoati tashkiloti Bosh direktori o‘rinbosari.

Ikki kunlik tashrif doirasida “O‘zstandart” agentligi va Turkiyaning TUBITAK UME o‘rtasida ikki tomonlama xamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator manfaatli xujjatlar imzolandi.

Unga ko‘ra,

a. Tomonlar o‘rtasida metrologiya va, texnik reglament va standartlar ishlab chiqish kabi metrologiya bilan bog‘liq faoliyat sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash;

b. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, hamda metrologiya sohasida Tomonlarning ilmiy texnik bilim almashish va ilmiy texnik potensialini kengaytirish uchun asos ta’minlash;

s. fizik kattaliklar milliy va ishchi etalonlarni ishlab chiqish, takomillashtirish va solishtirish hamda milliy etalonlarni ishchi holatda saqlab turishga qaratilgan tadqiqot natijalaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;

d. metrologiya sohasidagi me’yoriy hujjatlarni va boshqa tegishli hujjatlarni tayyorlash va chop etishda axborot almashish;

e. metrologiya va metrologiya bilan bog‘liq sohalarda konferensiya, seminarlar hamda o‘quv kurslari va treninglar tashkil qilishda hamkorlik qilish;

f. metrologiya sohasidagi me’yoriy hujjatlarni uyg‘unlashtirishga, muvofiqlikni baholash bo‘yicha qabul qilingan standart va protseduralarga, akkreditatlash bo‘yicha tayyorlov chora-tadbirlarga, shuningdek metrologiya sohasida milliy infratuzilmani rivojlantirishga o‘zaro ko‘maklashishga oid axborot va tajriba almashish;

g. metrologiya sohasida ilmiy xodimlarning tajriba almashish masalalariga ko‘maklashishni rivojlantirishga kelishib olindi.

Safar yakunida Turkiyaning TUBITAK UME va boshqa davlat tashkilotlari vakillari “O‘zstandart” agentligiga mexmondorchilik yuzasidan o‘z minnatdorchiligini bildirdi.