“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori D.B. Qodirov Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi jismoniy va yuridik shaxslar bilan navbatdagi “Sayyor qabuli”ni o‘tkazdi.
Ma’lumki, Xo‘jaobod tumani viloyatning yuksak tog‘-adirliklariga tutash bo‘lgan xushmanzari hudud hisoblanadi. Bir tomoni yam-yashil adirliklar, ikkinchi tomoni esa ko‘z ilg‘amas tog‘lardan tashkil topgan go‘zal va maftunkor maskan.
Shu sabab, Xo‘jaobodga tashrif buyurgan inson ruhan yangilanib, ko‘ngli purviqor tog‘lardek ko‘tarilib, yaxshi kayfiyat bilan qaytadi.
Shu sabab, Xo‘jaobodlik insonlar tadbirkor va saxovatga boy bo‘lishadi.
“Sayyor qabul” uchrashuv yig‘ilishini Xo‘jaobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari I.Soilov ochib, tadbir qatnashchilarini uning ishtirokchilari va kun tartibi bilan tanishtirdi. Mamlakatimizda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi, ayniqsa, ushbu sohalarni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining bir qator Qonunlari va qonun osti xujjatlari qabul qilinganligi bu borada milliy tizimning xuquqiy asoslarini yaratish bilan birga tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, eksport saloxiyatini oshirishga omil bo‘layotganligini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng uchrashuvda D.Qodirov so‘zga chiqib, “O‘zstandart” agentligi faoliyatidagi ustivor vazifalar va yo‘nalishlarni yanada rivojlantirishda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilayotgan tajribalarning mohiyatiga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Sayyor uchrashuvida Andijon Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va Sinov va sertifikatlashtirish markazining mas’ul xodimlari ham ishtirok etdilar. Yig‘ilish so‘ngida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish