Joriy yilning  24 aprel  kuni  Koreya Texnologiya va Standartlar agentligi qoshidagi, Koreya Kiyim Kechak Sinovi va Tadkikot Institutining bir guruh mutaxassislari «O’zstandart» agentligiga amaliy tashrif bilan keldilar.

Mazkur delegatsiya a’zolari ushbu institutning boshqaruv va rejalashtirish bo‘limi bosh menedjeri Mojin Yun, Tashqi savdo biznes bo‘limi boshliqlari  Xyushin Yun va Anjin Li, Atrof muxitni boshqaruv soxasidagi eksperti  Bumjin Choylardan iborat edi. 

Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad, «O’zstandart» agentligi va Janubiy Koreya xamkorlari o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash, muvofiqlikni baxolash soxasida zamonaviy ko‘shma laboratoriya tashkil etish va tekstil maxsulotlari sinovi xamda sertifikatlashtirish soxa yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarni Janubiy Koreya Respublikasida malakasini oshirishdan iboratdir.

Uchrashuvda “O’zstandart” agentligi vakillari, O’zbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya Respublikasi o‘rtasida ishonch, hamkorlik va manfaatdorlikka asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Strategik sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonoti  alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, Janubiy Koreya Respublikasi xamkorlari bilan an’anaviy muloqotlarni davom ettirish va hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Muzokaralar chog‘ida ayni paytdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mavjud imkoniyat va salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani qayd etildi. Yaqin yillarda ushbu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish bo‘yicha yangi qadamlar tashlanishi ta’kidlandi.

Muzokaralar do‘stona va  ishchanlik ruxida o‘tdi.

Shundan so‘ng Koreya Texnologiya va Standartlar agentligi qoshidagi, Koreya Kiyim Kechak Sinovi va Tadkikot Instituti delegatsiyasi  “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi qoshidagi  sinov laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Koreya Texnologiya va Standartlar agentligi qoshidagi, Koreya Kiyim Kechak Sinovi va Tadkikot Instituti delegatsiyasi  “O’zstandart” agentligi raxbariyatiga ko‘rsatilgan iliq va do‘stona qabul uchun minnatdorchilik bildirdi.