Ma’lumki yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlariga jahon bozorlarida talab kun sayin ortib bormoqda. Buning asosiy sababi, mehnatkash dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilayotgan mevalar o‘zining shirin ta’mi va foydali vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish va bu yo‘nalishlarda xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda uni joriy etish orqali jahon bozorlariga hech qanday to‘siqlarsiz kirib borish dolzarb masalaga aylandi.

«O’zstandart agentligi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jahon bozorlariga kirish imkoniyatlarini topish va bu boradagi muammolarni yechish maqsadida ko‘pgina uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etib kelmoqda.

Joriy yilning 11-13 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan "Meva-sabzavot va yong‘oqlarda barqaror savdoni ta’minlash uchun sifat kafolati" mavzusidagi mintaqaviy seminarda «O’zstandart» agentligining bir guruh xodimlari ishtirok etdilar. Seminarning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida ustuvor qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishni rag‘batlantirish uchun xalqaro sifat standartlari rolini muhokama qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Seminarda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan davlat idoralari va biznes assotsiatsiyalari, meva-sabzavot va meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari, shuningdek Birlashgan Millatlar Tashkilotining EIK, Germaniya, Shvetsiya, Italiya, Niderlandiya va Turkiya davlatlarining xalqaro ekspertlari ishtirok etmoqdalar.

Seminar ishtirokchilari bog‘dorchilik mahsulotlari va yong‘oqlarni xalqaro savdosida asosiy tendentsiyalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli ta’minlash va barqaror savdoda xalqaro standartlarning o‘rni bilan tanishmoqdalar.

 Eng asosiysi, ulgurji va chakana mijozlar tomonidan taqdim etilgan meva va sabzavot mahsulotlarining sifat talablariga, shuningdek, savdo standartlariga muvofiq mahsulotning xalqaro bozorlarga chiqishiga va chakana savdo tarmoqlariga chiqishiga yordam beradi.

Shuningdek, seminar ishi doirasida, xalqaro ekspertlar tomonidan eksport qilinayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini xalqaro standartlar bilan muvofiqligi uchun sifat nazorati va tekshirish usullari bilan tanishtirish uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ham tashkil etiladi.

Axborot xizmati