“O’zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan, yangi sinov usullarini o’zlashtirish va modernizatsiya qilish maqsadida Qo’qon sinov va sertifikatlashtirish markazi uchun, Keldal usuli bo’yicha oqsil miqdorini aniqlovchi  Kel’tran uskunasi,  mahsulotlarning oqlilik darajasini  aniqlovchi Beliznomer uskunasi,  tortish shkafi uskunalari  xarid qilindi.

Bu uskunalar sinov laboratoriyalari majmuasi vakolat doirasini yangi usullarga kengaytiradi va ma’nan eskirgan uskunani zamonaviy uskunaga almashtiradi. Masalan  Kel’tran uskunasi  sut mahsulotlari, go’sht mahsulotlari, omuxta-em mahsulotlari va boshqalarda oqsil miqdorini aniqlovchi uskuna  hisoblanadi. Bu yangi olingan uskuna sinov laboratoriyalari majmuasi  vakolat doirasini yuqorida aytib o’tilgan ko’rsatgichga kengaytirilib, sut va go’sht  mahsulotlarini sinovini to’liqligicha qamrab olish imkonini beradi. 

 Axborot xizmati