Shu kunlarda Saudiya Arabistonining Makka shahrida Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (IMSMI) direktorlar kengashining 17 chi va IMSMI Bosh kotibiyatining 13 chi umumiy yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Kunning asosiy tabdirlaridan biri bu, O‘zbekistonning mazkur nufuzli tashkilotga azo bo‘lish masalasi bo‘ldi. IMSMI direktorlar kengashi O‘zbekistonni ushbu tashkilotga to‘laqonli azo bo‘lishini bir ovozda qo‘llab-quvvatladilar va bunday jarayonda “O‘zstandart” agentligi vakolatli idora sifatida faoliyat ko‘rsatishini yakdillik bilan tasdiqladilar.

Xalqaro anjumanda “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Musulmonlari idorasining bir guruh vakillari ishtirok etmoqdalar.