Buxoro shahrida Ziyorat turizmi bo‘yicha birinchi xalqaro forum o‘z ishini boshladi. Forumni tashkil etishdan maqsad – respublikaimizning turizm sohasidagi imkoniyatlari va salohiyatini keng targ‘ib etish, shuningdek, O‘zbekistonni dunyo miqyosida islom dunyosidagi ziyorat-turizmi bo‘yicha yirik markazlardan biri sifatida e’tirof etishga qaratilgan. Mazkur xalqaro forum islom dunyosining 120 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkiloti, ilmiy-akademik doiralar, ziyorat turizmi bo‘yicha turistik kompaniyalar vakillaridan iborat xorijiy mehmonlar, shuningdek, mahalliy OAV vakillari va turoperatorlar ishtirokida o‘tkazilmoqda.

Shu bilan birga, Ziyorat turizmini rivojlantirishda xalqaro standartlarni joriy etish, xalqaro standart talablariga mos ravishda xizmat ko‘rsatish tizimlarini tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirda «O‘zstandart» agentligi vakillari ham ishtirok etmoqda

Foto: Asqar Yakubov

Manba: "O‘zstandart" agentligi matbuot xizmati