Аvval xabar berganimizdek, “GLOBAL G.A.P standartlarini joriy etishning afzalliklari” mavzusidagi xalqaro seminari Samarqand viloyatida ham davom ettirildi.

 

Mashg’ulot jarayonlarida GLOBAL G.A.P tashkilotining O’rta Osiyo, Latviya va Yevropa mintaqasi koordinatori E.Strazdina, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi “Savdo rivojlanishiga ko’maklashish” loyihasi koordinatori K.Nuriddinov, “O’zstandart” agentligining ilmiy-tadqiqot instituti direktori G’.G’oziev, xalqaro munosabtlar boshqarmasi mutaxassisi Yo.Begmatov hamda Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi rahbar va mutaxassislari fermar xo’jaliklari rahbarlari tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Seminarda bildirilgan nazariy bilimlar amaliy mashg’ulot tarzida davom ettirildi. Ishtirokchilar hududdagi “AGRO EKO FRUITS”, “NURSHODBEK AGRO” xo’jalik maydonlarida bo’lib, zaruriy tavfsiyalarni berdilar.